Shu yilning 22 noyabr kuni soat 02.00 larda Andijon viloyatining Izboskan tumani «Yuqori Chuvama» mahalla fuqarolari yig‘ini hududida xizmat olib borayotgan ikki nafar tuman IIB tezkor vakillari bir guruh fuqarolarning shaxsini aniqlash maqsadida ularni to‘xtatishganida, ular xodimlarning qonuniy talabiga bo‘ysunmay, faol qarshilik ko‘rsatganlar. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Fuqarolardan biri A.J. telefon orqali ukasi S.J. va jiyani Z.Q.ni voqea joyiga chaqirib, uch kishi birgalikda tuman IIB tezkor vakillari S.Ya. va I.X.ni urishgan. S.Ya. va I.X. olgan tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. I.X. ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, shu yerda vafot etgan. Jinoyatga qo‘l urgan A.J., S.J. va Z.Q. ushlangan.

Holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.