O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qarori bilan Rossiya Federatsiyasining Rostov-Don shahrida O‘zbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasi ochildi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Bosh konsulxona O‘zbekiston fuqarolari hamda yuridik shaxslariga sifatli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatadi, shuningdek, mehnat faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda mehnat migrantlari bo‘lib turgan davlatda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishlarida ko‘maklashadi.

Shu munosabat bilan Tashqi ishlar vazirligiga mas’ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonani konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish va mehnat migrantlari masalalari bo‘yicha mutaxassislar bilan to‘ldirish vazifasi topshirildi.