O‘zbekiston Moliya vazirligi 14 noyabr kuni Toshkent IESning poytaxt viloyati Qibray tumani uchun ishlab chiqarilayotgan issiqlik energiyasiga yangi tariflarni tasdiqladi. U 16 noyabrdan kuchga kiradi. Tariflarning 77 foizdan ziyodroqqa ortgani energoresurslar, jumladan gaz narxining o‘sishi bilan bog‘liq.

Barcha iste’molchilar, jumladan ulgurji iste’molchi-qayta taqsimlovchilar va issiqxona xo‘jaliklari uchun «Issiqlik manbai» korxonasidan tashqari issiq suv va bug‘ uchun yangi tarif 1 Gkal uchun 118680 so‘m etib belgilandi. Avvalgi tarif 66888 so‘m, «Issiqlik manbai» korxonasi uchun 1 Gkal narxi 63272 so‘m edi.

Tariflar QQS bilan birga keltirilgan.