O‘zbekistonning sof oltin-valyuta zaxiralari hajmi bir oy ichida 220 mln dollarga oshib, 1 noyabr holatiga ko‘ra 25,71 mlrd dollarni tashkil etdi, deya xabar qildi O‘zbekiston Markaziy banki.

Oktyabrda yalpi oltin-valyuta zaxiralari qariyb 100 mln dollarga oshib, 26,49 mlrd dollardan ziyodroqni tashkil etdi. Undan xorijiy valyutadagi aktivlar hajmi — 11,84 mlrd dollar (bir yi ichida -610 mln dollar), monetar oltin — 14,65 mlrd dollar (+700 mln dollar).

Markaziy bank oktyabrda oltin-valyuta zaxiralarining ko‘payishini qisman oltin narxining 1183,50 dan 1217,70 doll/tr unsiyaga o‘sgani bilan izohladi. Narxning oltin-valyuta zaxiralarining ko‘payishiga ta’siri — 403,2 mln dollarni tashkil etdi.

Mamlakatning sof oltin-valyuta zaxiralari so‘nggi bor aprel oyida oshgan edi. Shundan so‘ng u pasayib bordi. Markaziy bank bu holatni oltin narxlarining arzonlashgani bilan izohladi. Yanvardan oktyabrga qadar oltin narxining 1296,50 dan 1217,70 doll/tr unsiyaga qadar pasaydi va O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi 853 mln dollarga kamaydi.