Chorshanba kuni Dubayda bo‘lib o‘tgan Interpolning yillik yig‘ilishida janubiy koreyalik Kim Chen Yan xalqaro tashkilot prezidentligiga saylandi, deya xabar qildi Aljazee telekompaniyasi. Janubiy Koreya prezidenti Mun Je Inning so‘zlariga ko‘ra, u mazkur tashkilotga rahbar bo‘lgan ilk janubiy koreyalikdir.

Kim Chen Yan rossiyalik Aleksandr Prokopchuk nomzodidan ustun keldi. Rossiya vakiliga qarshi AQSH, Buyuk Britaniya va boshqa Yevropa mamlakatlari qarshi chiqdi va uning tayinlanishi kelgusida Rossiya tomonidan ogohlantirish tizimlari suiiste’mol qilinishiga olib kelishini ta’kidladi.

Yangi rahbar 2015 yili iste’foga chiqqunga qadar 20 yildan ortiq vaqt davomida politsiyada ishlagan. U mazkur lavozimda avvalgi rahbar Men Xunvey vakolati tugashi lozim bo‘lgan 2020 yilga qadar faoliyat ko‘rsatadi. Sobiq rahbar sentyabrda XXRga ketib, oilasi va yaqinlari bilan aloqaga chiqmagan edi. Keyinroq Xitoy hukumati Men Xunvey iste’foga chiqqani, u korrupsiyada ayblanayotgani haqida ma’lum qildi.