Toshkentda taniqli tadbirkor Fattoh Shodiyevнинг otasi Qayum Shodiyev 99 yoshda hayotdan ko‘z yumdi. Daft marosimi seshanba kuni poytaxtda bo‘lib o‘tdi.

Qayum Shodiyev, Mulla Shodining o‘g‘li, o‘tgan yuz yillik boshida qishloq oilasida tug‘ilgan. Onasidan erta ajralgan va otasi qo‘lida tarbiya topgan. To‘qimachilik institutini tamomlab, muhandis-mexanik bo‘lib ishlagan. Andijon va Toshkent viloyatlaridagi ikki paxta tozalash zavodi qurilishida ishtirok etgan. 1950−1960 yillarda Jizzax paxta zavodi direktori bo‘lgan.

1964 yilda Paxta-qayta ishlash sanoati vazirligi qarori bilan Sirdaryo viloyatida paxta jamlash va qayta ishlash boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan. 1979 yilda Qayum Shodiyev Jizzax viloyati paxta yig‘ish va qayta ishlash boshqarmasiga boshliq etib tayinlangan. «Hurmat belgisi» ordeni bilan taqdirlangan.