O‘zbekiston bosh prokurorining 19 noyabrdagi buyrug‘i bilan Ikrom Shermatovich Narimov Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar qildi poytaxt prokuraturasi matbuot xizmati.

Avvalroq ushbu lavozimda ishlagan Sodiqjon Berdialiyev Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.

Ikrom Narimov (1971 yilda tug‘ilgan) 1993 yilda Toshkent davlat universitetini hamda 2013 yilda Bosh prokuratura Oliy o‘quv kurslarini tamomlagan.

U prokuratura organlaridagi xizmat faoliyatini Toshkent transport prokuraturasida boshlab, keyinchalik O‘zbekiston Transport prokuraturasi tizimida turli lavozimlarda ishlab, Toshkent aviatsiya transport prokurori lavozimida faoliyat yuritgan.

2018 yilning yanvar oyidan buyon O‘zbekiston Transport prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.