Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Avstraliyaning Brisben shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvi Janubiy Koreya jamoasiga yirik hisobda yutqazdi.

Hisob uchrashuvning 9-daqiqasida ochildi. Nam Tayehi o‘ng qanotdan uzatilgan to‘pni to‘xtatmasdan Nesterov qo‘riqlayotgan darvozaga yo‘lladi.

24-daqiqada belgilangan burchak to‘pi dastlab Nesterov tomonidan qaytarildi, biroq raqib hujumchisi Hvang Uijo yaqin masofadan takror zarba berib, hisobni yiriklashtirdi — 0:2.

Ikkinchi taymda ham koreyslar ikkita gol kiritdi. Ularga o‘yinning ikkinchi bo‘limida maydonga tushgan Mun Seonmin (69-daqiqa) va Suk Hyunjun (81) mualliflik qildi. Yakuniy hisob Janubiy Koreya jamoasi foydasiga - 4:0.

Video