Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiyi Ravshan Haydarovni «Yilning eng yaxshi erkak murabbiyi» unvoni uchun nomzodlar qatoriga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar qildi. Uning jamoasi yanvarda U-23 Osiyo chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.

Mazkur nominatsiyada Ravshan Haydarovdan tashqari Bosim Hamdan (Eron) va Go Oiva (Yaponiya) ham bor.

Shuningdek, eng yaxshi erkak va ayol futbolchi, futzalchi, shuningdek ayollar murabbiyi nominatsiyalarida ham nomzodlar nomi ma’lum qilindi.

«Yilning eng yaxshi erkak futbolchisi»: Kento Misao («Kashima Antlers», Yaponiya), Yuma Suzuki («Kashima Antlers», Yaponiya), Abdulkarim Hassan («Al-Sadd», Qatar).

«Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi»: Samanta Kerr (Avstraliya), Van Shuan (Xitoy), Saki Kumagay (Yaponiya).

«Yilning eng yaxshi futzalchisi»: Rafael Xenmi (Yaponiya), Ali Ashgar Hasanzoda (Eron), Maxdi Javod (Eron).

«Yilning eng yaxshi yosh ayol futbolchisi»: Fuka Nagano (Yaponiya), Moeka Minami (Yaponiya), Saori Takarada (Yaponiya).

«Yilning eng yaxshi yosh erkak futbolchisi»: Yun Nishikava (Yaponiya), Chon Se Jin (J.Koreya), Turkiy Al Ammar (S.Arabistoni).

«Yilning eng yaxshi ayol murabbiyi»: Asako Takakura (Yaponiya), Miyo Okamoto (Yaponiya), Nuengrutai Sratongvian (Tailand).

Taqdirlash marosimi 28 noyabr kuni Ummon poytaxti Maskatda bo‘lib o‘tadi.