Toshkent prokuraturasi Sergeli tumanida yoz oxirlarida ikki oylik go‘dakning emlashdan so‘ng vafot etgani yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Vafot etgan go‘dakning onasi Eleonora Xamidullina prezident xalq qabulxonasiga ariza bilan murojaat qiladi. Unda 10-sonli oilaviy poliklinikada pnevmokokk infeksiyasi va poliomiyelitga qarshi emlanganidan so‘ng go‘dakning ahvoli yomonlashgani yoziladi. Shundan so‘ng ota-ona bolani 3-sonli shahar bolalar klinik shifoxonasiga olib borishadi.

«Bizga shishlarni olib tashlash uchun 24 soat intensiv davolanishi kerakligi aytildi. Darhol ro‘yxat berishdi, boshqa dori-darmonlar haqida gapirmayman, lekin u yerda hech qanday shprits, novokain yoki plastir yo‘q edi. Qon tahlilini xususiy klinikaga yo‘ldan o‘tib topshirdik. Yakunda ikki kun ichida bola komaga tushdi, ichaklaridan qon ketdi, ikki tomonlama pnevmoniya boshlandi», — deb yozадиўғилнинг onasi Facebook ijtimoiy tarmog‘ida. Shundan so‘ng bolani Bolani Shoshilinch tibbiy yordam Respublika ilmiy markaziga olib borishdi, biroq u jonlantirish bo‘limida vafot etdi.

Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, 24 avgust kuni bola 10- oilaviy poliklinika shifokori N.R. tomonidan bola ko‘rikdan o‘tkaziladi hamda u poliomiyelit vaksinasi va «Pnevmo» vaksinasini oladi. 26 avgust kuni taxminan 11:00 larda bolaning tana harorati 38,5 darajagacha ko‘tariladi, te tibbiy yordam mashinasida u 3-bolalar klinik shifoxonasiga olib boriladi.

U yerda shifokor-nevrapotolog Sh. N. bolani ko‘rganidan so‘ng, unga «talvasa sindromi, samotogen asoslangan, bosh miya shishi xavfi» tashxisi qo‘yilgan va kerakli davolash choralari ko‘rilgan.

27 avgust kuni soat 20:00 larda go‘dakning umumiy ahvoli keskin og‘irlashib, intoksikatsiya belgilari kuchayadi, taxipnoe, taxikardiya, nevrologik simptomlar va ichak parezi kuchayganligi sababli sun’iy o‘pka ventilyatsiya apparatiga ulanadi.

28 avgust kuni 3-shifoxona maslahatga Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi shifokorlari taklif etilganida, ular tomonidan bemorni davosini RSHTYOIMda davom ettirish tavsiya etilgan hamda soat 19:30 larda go‘dak RSHTYOIM toksikologiya reanimatsiyasiga o‘tkazilgan va reanimatsiyada ko‘rilgan choralarga qaramay soat 24:00 larda biologik o‘lim qayd etilgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, bola 3-shifoxonada soat 13:20 larda nevrapatolog ko‘rigida ahvoli og‘ir deb baholangani, vaholanki bemor shifoxonaga soat 13:30 larda olib kelingani, navbatchi shifokorlar tomonidan bemor har 6 soatda ko‘rilgani, bunday holatlarda har 3 soatda ko‘rilishi lozimligi qayd etiladi. Shuningdek, navbatchi shifokor kundalik yozuvlarida nafas harakatlari soni va qon bosimi ko‘rsatkichlari bir xil: daqiqaga «44 ta hamda 80/50 mm sim ust.» deb ko‘rsatilgan. Bu ma’lumotlar bir-biridan ko‘chirib yozilganidan dalolat beradi. Reanimatsiya bo‘limida esa ikki kunda ham asosiy klinik tashxis chiqarilmagan, vrachlar konsiliumi juda kech (3 sutkada) chaqirilgan. Bu, o‘z navbatida, kasallikning og‘irlashuviga olib kelgan.

Ekspertizada qayd etilishicha, agar bemorda kasallik dinamikasi o‘z vaqtida to‘g‘ri baholanib, o‘z vaqtida klinik diagnoz to‘liq qo‘yilganida, tegishli tibbiy muolajalar o‘tkazilganida, uning hayotini saqlab qolish imkoniyati bo‘lishi mumkin edi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, 3-sonli shahar bolalar klinik shifoxonasi shifokorlari o‘z kasbiga nisbatan beparvolik yoki insofsizlik bilan munosabatda bo‘lgani, kasb yuzasidan o‘z vazifalarini bajarmagani yoki lozim darajada bajarmagani oqibatida bolaning o‘limiga sababchi bo‘lgani qayd etilgan.

Mazkur holat yuzasidan 7 noyabr kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlarini olib borish uchun Uchtepa tuman prokuraturasiga yuborilgan.