Tashqi savdo vazirligida jismoniy va yuridik shaxslarning eksport mavzusidagi murojaatlarini tunu kun qabul qilish tartibi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda «Xalq so‘zi-online» vazirlik matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi.

Ushbu qaror tashqi savdo sohasining jadal sur’atlar bilan rivojlanayotganini inobatga olgan holda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar va kompaniyalarga tezkor va sifatli qo‘llab-quvvatlash xizmatini ko‘rsatish maqsadida qabul qilindi.

Kunduzgi ish vaqtida murojaatlar vazirlik kotibiyati, kechki paytda esa navbatchi xodimlar tomonidan qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun, joriy yil yanvar noyabr oylarida vazirlik tomonidan 179 ta, jumladan, jismoniy shaxslardan 130 ta, yuridik shaxslardan 49 ta murojaat ko‘rib chiqildi.