Guliston hokimligi qarshisidagi yurt bayrog‘i maydonida Boyovut va Guliston tumanlari fermerlari yurt taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shishni, nopok ishlarga qo‘l urmaslikni ezgu niyat qilib, qasamyod qabul qildi, deya xabar qildi Sirdaryo viloyati hokimligining «Sirdaryo haqiqati» gazetasi.


Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev, viloyat prokuraturasi va huquqni himoya qilish organlari vakillari ishtirok etdi.

Xabarda qayd etilishicha, g‘allakor fermerlarning qasamyod qabul qilishiga bag‘ishlangan tadbirlar viloyatning boshqa tumanlarida ham ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan.