Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida fuqaro Ch.T. shu yilning 13 oktyabr kuni tug‘ilgan farzandi R.B.ni 1,5 mln so‘mga sotayotganda ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuratusining rasmiy Telegram-kanalida xabar qilindi.

Tezkor tadbir Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Sho‘rchi tuman bo‘limi, tuman prokuraturasi va tuman IIB bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Ch.T.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.