Navoiy shahrida 78 yoshli onasiga qo‘l ko‘targan 50 yoshli fuqaroga nisbatan sud hukmi o‘qildi, deya xabar qildi «Xalq so‘zi-Online».

J. K. bundan avvalroq o‘g‘rilik jinoyati uchun sud qilingan edi. O‘shanda unga oilaviy sharoiti, salomatligi inobatga olinib, sud ozodlikni cheklash bilan bog‘liq jazoga hukm chiqarilgan.

Biroq sudning insonparvarlik hukmidan tegishli xulosa chiqarmagan J.K. mast holda 78 yoshli onasini «uyni mening nomimga o‘tkazib berasan», deb urib, jabrlanuvchiga tan jarohati yetkazadi.

Sud J.K.ga nisbatan yana bir bor insonparvarlik namunasini namoyish etdi. Uning og‘ir xasta ekani inobatga olinib, ozodlikni cheklash bilan bog‘liq jazo tayinlandi.