17 noyabr kuni Saratov viloyatining Ozinskiy tumanida A-298 federal avtomagistralining 225-kilometrida 3003s yuk poyezdi hamda «Saratov-Uralsk (Qozog‘iston)» reysi bo‘yicha qatnovchi yetti nafar yo‘lovchisi bo‘lgan Setra (raqami KZ 271 KFB 13) rusumli avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

YTH natijasida besh nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, ikki Qozog‘iston fuqarosi tan jarohatlari oldi.

O‘zbekiston FVV vafot etganlar ism-shariflarini e’lon qildi:

  • Bozorov Abdubannob Maxmutaliyevich, 1975 y.t.;
  • Egamov Alimardon Qosimaliyevich, 1986;
  • Qosimova Gulxumor Jumaboyevna, 1987;
  • Xalilova Orzixon O‘ktamovna, 1987;
  • Zaidov Murodjon Yusupovich, 1975.

Halok bo‘lganlarning jasadlari Ozinskiy tumani markaziy shifoxonasida saqlanmoqda.

O‘zbekiston FVV, TIV, IIV va SSV, shuningdek mamlakatning Rossiyadagi elchixonasi vafot etgan fuqarolar shaxsni aniqlash hamda ularning qarindosh va yaqinlarini xabardor qilish bo‘yicha choralarni amalga oshirmoqda.