«Taraqqiyot strategiyasi» markazi O‘zbekiston aholisidan taklif.strategy.uz sayti orqali 2019 yilgi islohotlar bo‘yicha taklif va mulohazalarni qabul qilmoqda.

Mamlakat aholisi 2017−2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi yuzasidan islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha o‘z qarashlarini almashishlari mumkin:

  • davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish;
  • qonun ustuvorligi, huquqiy tizimni isloh qilish;
  • iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish;
  • ijtimoiy sohani rivojlantirish;
  • xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash, shuningdek, muvozanatli, o‘zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosatni amalga oshirish.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilgi davlat dasturi ham aholi fikrini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan edi. Dastur loyihasi 10−20 yanvarda O‘zbekiston aholisi o‘rtasida, shu jumladan, Internet tarmog‘ida muhokama qilindi. Fuqarolardan 4,4 mingdan ortiq taklif va mulohazalar kelib tushdi.