Samarqand shahar hokimligining telegramdagi rasmiy kanali orqali shaharning 12 ta ko‘chasida ichimlik suvini uzatish vaqtinchalik to‘xtatilishi ma’lum qildi.

Joriy yilning 16 noyabr kuni soat 23:00 dan 18 noyabr kuni soat 11:00 ga qadar Samarqand shahri Ro‘dakiy ko‘chasida yangidan o‘tkazilgan suv tarmoqlarini asosiy tarmoqqa ulash, qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va profilaktik ishlarni olib borish maqsadida quyidagi ko‘chalarda:

-Ro‘dakiy;

-Asadov;

-Beruniy;

-Spitamenshoh;

-Ibn Xoldun;

-Abu Bakr Roziy;

-Ali Qushchi;

-Sh.Rustavelli;

-Navoiyshoh;

-Gagarin (M.Ulug‘bek chorrahasigacha);

-Sug‘diyona va Mikrorayon maskanlarida ichimlik suvi vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Ushbu noqulaylik uchun «SUVOQOVA» DUK ma’muriyati shahar aholisi va mehmonlardan uzr so‘radi.

Ichimlik suvi vaqtinchalik to‘xtatilgan hududlarga maxsus transport vositalari orqali ichimlik suvi yetkazib beriladi.