O‘zbekiston va Qozog‘iston Ipak yo‘li mamlakatlari viza rejimlarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi, deya xabar qildi Qozog‘iston bosh vaziri matbuot xizmati.

Qozoq OAVlarining qayd etishicha, bu Qozog‘istonga tashrif buyurgan sayyoh hech qanday to‘siqlarsiz O‘zbekistonga tashrif buyurishi mumkin va aksincha. Istiqbolda o‘zaro viza almashinuviga Ipak yo‘lining boshqa mamlakatlari — Qirg‘iziston va Tojikiston ham qo‘shilishi mumkin.

Ushbu va yana 15 hujjat birinchi Qozog‘iston-O‘zbekiston Hududlararo forumida imzolandi. Tomonlar KTZ Express kompaniyasi va «O‘zavtotranstexnika» Ilmiy-ishlab chiqarish markazi o‘rtasida qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. «KazTransGaz» va «O‘ztransgaz» kompaniyalari O‘zbekiston hududida orqali tabiiy gaz transportirovkasi bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Ikki davlat rahbarlari tashabbusi bilan tashkil etilayotgan forum ishida hududlar rahbarlari, O‘zbekiston va Qozog‘iston bosh vazirlarining birinchi o‘rinbosarlari Ochilboy Ramatov va Askar Mamin ishtirok etdi.

Tadbirda qayd etilganidek, ikki respublika o‘rtasidagi savdo aylanmasi to‘qqiz oy ichida 2 mlrd dollardan ziyodroqni tashkil etdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 40 foizga o‘sdi.