O‘zbekiston «Mudofaa to‘g‘risida"gi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi 15 noyabr kuni jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. Hujjat O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan tayyorlandi.

Loyihaga O‘zbekistonning harbiy-texnika sohasidagi xalqaro hamkorligini kiritish taklif qilinmoqda.

Hujjatga ko‘ra, u O‘zbekiston Qurolli Kuchlarini yangi namunadagi qurol-yarog‘lar, harbiy va maxsus texnikalar bilan ta’minlanishi zarurligiga ko‘ra amalga oshiriladi.

O‘zbekistonning mudofaa sohasidagi davlat siyosatining asosiy maqsadlari qatoridan xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlash to‘g‘risidagi bandlar ham o‘rin olgan.

O‘zbekiston yanvarda yangi Mudofaa doktrinasini qabul qildi. Hujjat boshqa xorijiy mamlakatlar bilan xavfsizlik va mudofaa sohalaridagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan. Yangilangan doktrinada qo‘shinlarni zamonaviy qurol-aslahalar va harbiy texnikalar bilan ta’minlash hamda mustaqil mudofaa-sanoat majmuasini yaratish ham ko‘zda tutilgan.

2017 yil noyabrida O‘zbekiston mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi tashkil etildi. U qurol-aslahalar, harbiy texnikalar, mol-mulk, oziq-ovqat va boshqa moddiy-texnik vositalar bilan ta’minlash ishlarini olib boradi.