O‘zbekiston MDH ishtirokchi-davlatlarining intellektual mulk bozorini shakllantirish va rivojlantirish to‘g‘risidagi bitimga qo‘shildi. Bu prezident Shavka Mirziyoyevning 14 noyabrdagi xalqaro bitimni tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorida ko‘zda tutildi.

Intellektual mulk agentligi yuqorida ko‘rsatilgan xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul markaziy vakolatli organ, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Adliya vazirligi o‘zlariga taalluqli qismi bo‘yicha mas’ul vakolatli organlar etib belgilandi.

Shavkat Mirziyoyev Tashqi ishlar vazirligiga mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun O‘zbekiston tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi to‘g‘risida va uni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organlar haqida tegishli bildirishnomani yuborishni topshirdi.

Bitim MDH ishtirokchi-davlatlarning hukumat rahbarlari Kengashi yig‘ilishida 2018 yil 1 iyun kuni Dushanbe shahrida imzolandi. Hujjat hamdo‘stlik mamlakatlari iqtisodiyotining turli sektoorlaridagi intellektual faoliyat natijalaridan foydalanishga qaratilgan.