Prezident Shavkat Mirziyoyev payshanba kuni ertalab Qoraqalpog‘istonga uchib ketdi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

«O‘zbekiston pezidenti Shavkat Mirziyoyevning rahbarlik faoliyatida o‘ziga xos imiji, hayotiy prinsiplari bor. Bular — xalq ichiga kirib, odamlar hayotini bevosita ko‘zdan kechirish, ular bilan muloqot qilib, talab va istaklarini eshitish, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati bilan joyida tanishib, dolzarb masalalarni hal qilish, istiqbolga mo‘ljallangan vazifalarni belgilab berish», — deyiladi xabarda.

«Shuning uchun davlatimiz rahbari mamlakatimiz hududlariga tez-tez safar qiladi. Shunday safarlarning navbatdagi bosqichi boshlanmoqda. Bu gal ham ilk manzil Qoraqalpog‘iston», — deya qayd etdi prezident matbuot xizmati.