Hukumat qarori bilan Sharof Rahimberdiyevich Rajabboyev Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazriligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Shuningdek Oybek Qobiljanovich Norinbayev esa Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, Innovatsion rivojlanish vazirligi ilg‘or xorijiy tajriba, jahon fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal innovatsion rivojlantirishni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.