14 noyabr kuni kechqurun Chirchiq (Toshkent viloyati) va Olma Ota (Qozog‘iston) o‘rtasida doimiy avtobus qatnovi ochildi, deya xabar qildi O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi matbuot xizmati.

Qatnov uzunligi 816 km bo‘lib, avtobus bu masofani 16 soatu 30 daqiqada (chegaradagi «Turkiston"-"Qazig‘urt» o‘tkazish punktlari orqali) bosib o‘tadi. Chipta narxi — 150 ming so‘m va ortga qaytish — 6000 tenge.

Reys Van Hool avtobuslarida amalga oshiriladi.