14 noyabr kuni 10:00 da Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasidagi sintepon ishlab chiqarish korxonasida yong‘in boshlandi, deya xabar qildi IIBB matbuot xizmati.

Yong‘inni o‘chirishga 15 dona asosiy va 8 ta yordamchi maxsus o‘t o‘chirish texnikasi jalb qilindi va 12:49 da bartaraf etildi.

Yong‘inga texnologik jarayon noto‘g‘ri tashkil etilgani sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Olov 2800 kv. m maydonga tarqaldi.

Hodisa natijasida tom, sex binosi va uskunalar qisman yondi. Olovni mustaqil o‘chirishga uringan korxona xodimlaridan biri ozroq kuyish jarohatini oldi