«O‘zbekko‘mir» korxonasi ustav kapitalidagi «O‘zbekiston temir yo‘llari"ga tegishli 45 foizlik aksiyalar paketini Rossiyaning «Progress Gor Tex» MCHJ ishonchli boshqaruviga topshirish rejalashtirilmoqda.

Temir yo‘l kompaniyasi tomonidan tayyorlangan ««O‘zbekko‘mir» aksionerlik jamiyati samaradorligini oshirish to‘g‘risida"gi prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekko‘mir» AJ («Sharg‘unko‘mir» bilan birga) 2017 yil iyulida davlat rahbari qarori bilan «O‘zbekiston temir yo‘llari» tarkibiga kiritilgan edi. O‘tgan yilning noyabrida unitar korxonasi etib qayta tashkil etildi.

Ishonchli boshqaruvga topshirish to‘g‘risidagi shartnomani uch yil muddatga imzolash rejalashtirilgan bo‘lib, 2019 yil 1 iyunga qadar tasdiqlanishi rejalashtirilgan «O‘zbekko‘mir» AJ biznes-plani parametrlariga erishilgan taqdirda, mazkur muddat uzaytirilishi mumkin.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, ishonchli boshqaruvchi korxonani boshqarishga xorijlik mutaxassislarni jalb qilishi, uning ijro organi va tashkiliy tuzilmasini o‘zgartirish, texnik va ishlab chiqarish siyosatini shakllantirish, o‘rta va uzoq muddatli rivojlantirish strategiyalarini aniqlash bo‘yicha takliflar kiritishi mumkin.

Rossiya yuridik shaxslar yagona davlat реестримаълумотлариga ko‘ra, «Progressgortex» MCHJ (aynan shunday yozilgan) Moskvada (Bolshaya Yakimanka ko‘chasi, 1 manzilida) joriy yil 15 oktyabr kuni ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, ustav kapitali 10 ming rublni tashkil etadi. Kompaniya bosh direktori sifatida Vadim Mixaylovich Falko, ta’sischisi — Nikolay Gennadevich Yemelyanov ko‘rsatilgan. Asosiy faoliyat turi — «Xolding kompaniyalar».