14 noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi hay’atiga vazirning birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan Ilhomjon Ne’matov tanishtirildi, deya xabar qildi TIV matbuot xizmati.

U 2016 yil sentyabrdan beri O‘zbekiston TIV maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.Ungacha esa tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Bundan tashqari, Ilhomjon Ne’matov O‘zbekistonning AQSH va Rossiyadagi diplomatik missiyalariga ham rahbarlik qilgan.