Hukumat qarorlari bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Navoiy davlat konchilik instituti hamda Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Nukus filiali tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligi Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Qarorlar bilan mazkur filiallarning tuzilmasi hamda bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari tasdiqlandi.

2019−2020 o‘quv yilida har bir Filialga 50 nafardan talaba qabul qilinadi.

2020−2021 o‘quv yilidan boshlab esa mazkur Filiallarga talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.