Oktyabrda Toshkent ikkilamchi kvartira bozorining o‘rtacha narxlari sentyabr (634) va avgustga (631) nisbatan deyarli o‘zgarmadi va kvadrat metri uchun 633 sh. b. ni tashkil etdi. Bu haqda CREDO MAX ESTIMATION baholash kompaniyasi «Gazeta.uz"ga taqdim etgan hisobotida so‘z boradi.

Oktyabr oyi yakunlariga ko‘ra, g‘ishtli turdagi kvartiralar narxi 668 sh. b.ni (sentyabrda — 667), panel turdagilari narxi esa 612 (614) sh. b.ni tashkil etdi.

Xonalar soniga nisbatan narx takliflari quyidagicha: bir xonali kvartiralar — 625 sh. b. (-1 foiz), ikki xonali — 621 (o‘zgarishsiz), uch xonali — 642 (-1 foiz), to‘rt va undan ortiq xonali — 652 (o‘zgarishsiz).

Ma’lumot uchun: Narxlar faqatgina axborot maqsadlari uchun mo‘ljallangan. Narxlar dom.vsem.uz va uybor.uz internet manbalari tomonidan taqdim etilgan. Taklif etilayotgan qiymatlar barcha ma’lumotlar bazasidan tanlab olingan sotuvchilar bilan o‘tkazilgan muzokaralar asosida ishlab chiqilgan.