Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida 2018 yil 11 noyabr kuni tushgan xabarga ko‘ra, «Kumushqirg‘oq» MFYda yashagan Yu.L. ismli fuqaro uyida isitish pechiga suyultirilgan gazni shlang orqali ulab, uxlab qolgan.

Oqibatida fuqaro isitish pechidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib, kasalxonaga keltirilganida vafot etgan. IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.