O‘zbekiston fuqarolarining Turkiyada vizasiz qolish muddati 30 kundan 90 kunga uzaytirildi.

O‘zbekiston fuqarolarining Turkiyada vizasiz qolish muddati har yarim yilda (180 kun) 30 kundan 90 kunga uzaytirildi. 10 noyabr kuni Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an shu haqdagi qarorni imzoladi.

O‘zgarishlar Qozog‘iston va Tojikiston fuqarolariga ham taalluqli. Ular hafta davomida kuchga kiradi.

Turkiya 2007 yilda turistik maqsadlarda 30 kungacha muddatda Turkiya keluvchi fuqarolar uchun viza rejimini bekor qilgan edi.

O‘zbekiston esa o‘tgan yilning oktyabrida Turkiya fuqarolari uchun vizani rasmiylashtirishni soddalashtirib, joriy yil fevralida ushbu mamlakat fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy etdi.