Jinoyat ishlari bo‘yicha Oqto‘be tumanlararo sudi 9 noyabr kuni yanvarda Samara-Chimkent trassasida avtobus yonishi natijasida hayotdan ko‘z yumgan 52 o‘zbekistonlik o‘limi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hukm chiqardi, deya xabar qildi Nur.kz.

Avtobusning uch nafar haydovchisi besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish hamda yetti yil muddatga avtotransport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etildi.

Avtobusga xizmat ko‘rsatgan kompaniya ta’sischisi va mexanigi uch yil va olti oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Ularga besh yil muddatga yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarda lavozimlarda faoliyat ko‘rsatish taqiqlandi.

Bundan tashqari, sudlanuvchilar halok bo‘lganlarning qarindoshlariga 2 mln tengedan ma’naviy zarar to‘lashlari lozim.

Sudlanuvchilar jazoni koloniya-manzilgohlarda o‘taydilar.

18 yanvar kuni Samara-Chimkent trassasida Rossiyaga ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus yonib ketgan edi. Uch haydovchi va ikki yo‘lovchi tirik qoldi. Tergov vaqtida yong‘inga avtotransport vositasidan foydalanish qoidalari va yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzilishi, aniqroq aytganda — avtobus salonida cho‘lg‘ama lampalardan foydalanilgani sabab bo‘lgan.