Joriy yilning 15−20 noyabr kunlari «Debyut-2018» V respublika ko‘rik-festivali bo‘lib o‘tadi. Unda poytaxtimiz va respublikamizning barcha hududlaridan kelgan debyutant rejissyorlar (tanlov ishtirokchilari) tomonidan sahnalashtirilgan spektakllari namoyish etiladi.

Madaniyat vazirligi matbuot xizmati tomonidan berilgan xabarga ko‘ra, festivalda namoyish etiladigan spektakllarni tomosha qilish bepul.