O‘zbekiston prezidenti 2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi Telegram-kanalida xabar qildi.

Hujjatga muvofiq, 2019 yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi:

2 yanvar — chorshanba;

22 mart — juma;

2 sentyabr — dushanba.

2019 yilda quyidagi dam olish kunlari ko‘chiriladi:

5 yanvar — shanba 3 yanvar — payshanbaga;

1 iyun — shanba 6 iyun — payshanbaga;

7 sentyabr — shanba 3 sentyabr — seshanbaga;

28 dekabr — shanba 31 dekabr — seshanbaga.