O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimida, xususan Toshkent viloyati IIBda rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar yuz berdi. Bu haqda IIV saytida xabar berildi.

Xususan,

podpolkovnik Do‘stmatov Rustamjon Xolmirzayevich Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga;

podpolkovnik Choriyev Aliahmed Omonovich Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Agzamov Azizxon Abralxanovich Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-moliya va moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

polkovnik Xudaybergenov Ilhomboy Tilavbayevich Toshkent viloyati Bo‘ka tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.