Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetib bormoqda. Bugun musobaqada -109 kg vazn toifasidagi sportchilar supachada kurashga chiqishdi. Ushbu vazn toifasida O‘zbekiston sharafini olimpiya va Osiyo o‘yinlari g‘olibi, jahon chempioni Ruslan Nuriddinov himoya qildi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Nuriddinov dast ko‘tarish bahslarida o‘z imkoniyatlaridan foydalana olmadi. Siltab ko‘tarishda esa 227 kg. natija ko‘rsatdi va bronza medaliga ega chiqdi.

Ertaga jahon chempionatining so‘nggi kuni o‘tkaziladi va unda +109 kg vazn toifasida Rustam Jangabayev bahslarga kirishadi.