Havaskor boksda jahon chempionati sovrindori Sanjar Tursunov bugun AQSHda professional boksdagi debyut jangini o‘tkazdi, deya xabar qildi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

AQSHning Kaliforniya shtatidagi «Fantasy Springs Casino» arenasida o‘tkazilgan jangda o‘zbekistonlik bokschiga meksikalik Megel Kubos raqiblik qildi. Sanjar Tursunov jangni juda faol boshladi va ikkinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratdi. Shu tariqa, 20 yoshli bokschi professional ringdagi faoliyatini g‘alaba bilan boshladi.

Kubos shu kungacha professonal boksda 31 ta jang o‘tkazgan va ularning 11 tasida g‘alaba qozongan (8 tasi nokaut bilan). 20 ta jangda esa mag‘lubiyatga uchragan (9 ta jangda nokautga uchragan).