Olimpiya o‘yinlari sovrindori, havaskor boksda jahon chempioni Shahram G‘iyosov 24 noyabrda professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi. Shu kuni unga meksikalik charm qo‘lqop ustasi Migel Zamudio raqiblik qiladi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Shahram bugungi kungacha professional boksda 5 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. 4 ta bahsni u muddatidan oldin yakunlay olgan.

27 yoshli Zamudio esa professional boksda 53 marotaba jang qilishga ulgurgan. Janglarning 41 tasida u g‘alaba qozongan (25 tasi nokaut evaziga). 11 ta jangda esa mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan (9 ta nokaut). Yana bitta jangda esa durangga erishgan.