O‘zbekiston Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan 9 noyabr kuni soat 10:00 da vakant notarius lavozimlariga tanlov o‘tkaziladi, deya xabar qilindi vazirlik Telegram-kanalida.

Tanlov jarayonlarini Adliya vazirligining rasmiy veb-sayti va Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi «Adliya bilan muloqot» sahifalari orqali bevosita kuzatib borish mumkin.