O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 7 noyabrdagi qarori bilan Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi vazifasini vaqtincha bajarish Abdulaziz O‘rolboyevich Oqqulov zimmasiga yuklatildi. Bu haqda «Gazeta.uz"ning hukumatdagi axborot manbasi xabar qildi.

Abdulaziz Oqqulov may oyida Davlat turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. Unga qadar esa 2017 yil yanvaridan qo‘mitaning Turizm sanoatini muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. Davlat turizm qo‘mitasida 2006 yildan buyon ishlab kelmoqda.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (2005, magistratura — 2007) bitiruvchisi. Mutaxassisligi — xalqaro turizmni boshqarish.

May oyidan oktyabrga qadar Baxtiyor Umarov Davlat turizm qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat olib bordi. U 25 oktyabr kuni ushbu lavozimdan ozod qilindi.