22 noyabrdan Toshkent shahri bo‘yicha yangi tariflar amalda foydalanishga kiritiladi. Bu haqda «Suvsoz» korxonasi saytida xabar qilindi.

Aholi uchun bir kub metr sovuq suv narxi 245 so‘mdan 280 so‘mga, kanalizatsiya xizmatlari narxi esa 210 so‘mdan 235 so‘mga oshiriladi. Bunda tariflarga qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobga olinmagan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent hokimining 12 yanvardagi qarori bilan Toshkent iste’molchilari uchun ichimlik suviga har bir kub metri uchun 100 so‘m miqdorida ustama belgilangan.

Sovuq suv tariflari oxirgi marta may oyida oshirilgan.