Toshkentda Xalq ta’limi vazirligi hamda BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC) tomonidan amalga oshirilayotgan «Mustahkam oila» dasturi O‘zbekistonning har bir hududida bittadan tayanch-trener maktabni qamrab oladi.

Jami 14 ta maktabda maxsus malakali psixolog va pedagoglar jamoasi ish olib boradi hamda o‘quvchi-yoshlar va ularning ota onalari bilan zamonaviy psixologik-pedagogik texnologiyalar asosida ishlash yo‘lga qo‘yiladi.

U 10−14 yoshdagi o‘smirlar xulq-atvoridagi muammolar, jumladan psixofaol moddalarni iste’moli profilaktikasini o‘z ichiga oladi. Sinfdan tashqari qo‘shma mashg‘ulotlarda o‘quvchilar va ota-onalar ishtirok etadi. Ota-onalar o‘smirlar psixologiyasi haqidagi bilimlarga ega bo‘lib, ota-onalik muhabbatini namoyon etish, bolalar talablariga quloq tutish va cheklovlar o‘rnatishni o‘rganishadi. O‘quvchilarga esa tengdoshlarining salbiq ta’siriga qarshi turish, streslarni boshqarish, do‘st tanlash, maqsad qo‘yish va unga erishish o‘rgatiladi.

So‘nggi ikki yil ichida Toshkentdagi 19 ta maktabda to‘plangan «Mustahkam oila» dasturida to‘plangan tajribalar respublikadagi 14 ta tayanch maktabda kengaytiriladi.

5−7 noyabr kunlari ushbu maktablarning 70 nafar psixolog va pedagoglari o‘smirlar bilan ishlash bo‘yicha pedagogik texnologiyalar yuzasidan seminarlarda ishtirok etdi.

«O‘smir vaqtingizda sizni sigareta bilan kim tanishtirgani esingizdami? — deya seminar tinglovchilariga murojaat qildi UNODC mintaqaviy vakili Ashita Mitall. — Bu odam ota-onangiz yoki o‘qituvchingiz bo‘lmasa kerak: o‘smirlar bu zararli odatni hammadan ham ko‘proq o‘z tengdoshlaridan o‘zlashtiradi. Bu dastur bolalarga salbiy bosimlarga qarshi turishni o‘rganishga yordam berishi kerak».

Pedagog va psixologlar faoliyati oilalarda ruhiy muhitni yaxshilash, bolalarning maktabdagi ta’lim jarayonlaridagi ishtirokini yaxshilashi kutilmoqda.

«Mustahkam oila» dasturi mamlakatda 2016 yil fevralidan joriy etib kelinmoqda.