5 noyabr kuni Toshkentning Yashnobod tumanida Xorazm viloyatining Xozarasp tumanida istiqomat qiluvchi 20 yoshli ayol N.Yo. o‘g‘lini sotmoqchi bo‘lgan vaqti ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

2017 yil 4 noyabrda tug‘ilgan o‘g‘il farzandini onasi 1000 dollarga sotmoqchi bo‘ldi. Tezkor-qidiruv tadbiri Toshkent IIBB va prokuratura organlari tomonidan o‘tkazildi.

Jinoiy ish qo‘zg‘atildi, tergov harakatlari olib borilmoqda.