6 noyabr kuni O‘zbekistonning favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Sherzod Asadov Venada Avstriya Respublikasining federal prezidenti Aleksandr Van der Bellenga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.

«Hofburg» saroyidagi marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat davomida Avstriya davlati rahbari prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olib borilayotgan O‘zbekistondagi izchil o‘zgarishlar va keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilishiga Avstriyada qiziqish bilan qaralayotganini qayd etdi, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarda kuzatilayotgan ijobiy o‘zgarishlarni yuqori baholadi.

Avstriya prezidenti ta’kidlaganidek, tomonlarni qiziqtirgan barcha yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni kengaytirishdagi faoliyatida O‘zbekiston elchisiga har tomonlama yordam ko‘rsatiladi.