O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 5 noyabrdagi qaroriga muvofiq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari lavozimiga Buzrukxonov Sarvarxon Munavarxonovich tayinlandi. Bu haqda vazirlikning rasmiy telegram kanali orqali xabar berildi.

Sarvarxon Buzrukxonov 1969 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. 1993 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.

Ushbu lavozimga tayinlanishidan oldin Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining moliyalashtirish va buxgalteriya hisobi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.