Bugun o‘zbekistonlik G‘ofur Rahimov AIBA prezidenti sifatida yurtimizga tashrif buyurdi. Martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov xamda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev kutib oldi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Umid Ahmadjonov Moskvada bo‘lib o‘tgan AIBA Kongressida hambevosita ishtirok etgandi.

Ma’lumot uchun: G‘ofur Rahimov 2022 yilgacha AIBA prezidenti sifatida faoliyat olib boradi.

Xabaringiz bor, 2−3 noyabr kunlari Moskva shahrida Xalqaro havaskor boks assotsiatsiyasi (AIBA) ning navbatdagi Kongressi bo‘lib o‘tgandi. Kongress davomida o‘zbekistonlik G‘ofur Rahimov AIBA prezidentlik saylovida ishtirok etgan va yakunda g‘alaba qozonib, tashkilot rahbariga aylangandi. Rahimov bu borada qozog‘istonlik Serik Konakbayevni ortda qoldirdi.