O‘zbekistoning Malayziyadagi elchixonasi ko‘magida 7−12-noyabr kunlari «Naqshbandiya turistik festivali» bo‘lib o‘tadi, deya xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati. Tadbir Malayziyaning World Sufi Center Jahon sufiylar markazi tomonidan tashkillashtirilmoqda.

Festivaldan ko‘zlangan asosiy maqsad buyuk o‘zbek mutafakkirlarining Islom va dunyo tamadduni taraqqiy topishiga qo‘shgan xizmatlari uchun hurmat bajo keltirish, shuningdek muqaddas qadamjolarga tashrif buyurish, diniy marosimlarda ishtirok etish va O‘zbekistonning boshqa «Ziyorat-turizm» ob’ektlari bilan tanishish hisoblanadi.

Jahon sufiylari markazi tadbir to‘g‘risida tarqatma risolalarni va reklama roligini tayyorladi, shuningdek O‘zbekistondagi sayyohlik kompaniyasi bilan birgalikda Malayziya va boshqa davlatlarning sayyohlik bozorida sotish uchun turistik paketlarni ishlab chiqdi.

Tadbirda butun dunyodan, xususan Malayziya, Indoneziya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Xitoy, Hindiston, Avstraliya, AQSH, Janubiy Afrika Respublikasi va boshqa davlatlardan Naqshbandiya sufiylik tariqatining 150 dan ortiq namoyondasi, shu jumladan 10 dan ortiq mashhur ulamolarning ishtirok etishi kutilmoqda.