Xotin-qizlarning akusher ginekologiya masalalari bo‘yicha 1003 qisqa raqamlarining ikkinchi yo‘nalishida anonim tarzda tinglanib, zarur maslahat va ko‘rsatmalar berilishi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Ushbu «Ishonch telefoni» dushanbadan jumaga qadar soat 9:00—13:00 va 14:00—18:00 sog‘liqni saqlash organlarining mas’ul xodimlari tomonidan qabul qilinadi. Muloqot o‘zbek va rus tillada amalga oshiriladi.

Murojaatlar ikki yo‘nalishda, sog‘liqni saqlash, ayollar va qizlarga ko‘rsatiladigan akusher ginekologik tibbiy yordam bo‘yicha qabul qilinadi va mutaxassis maslahatlari beriladi.

Ushbu «Ishonch telefoni"ga mamlakatda yashayotgan barcha xotin-qizlar murojaat etishlari mumkin.