«O‘zbekiston temir yo‘llari» yo‘lovchi poyezdlarga avtomatik tizimda chiptalar sotishni vaqtinchalik to‘xtatdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati Telegram-kanalida xabar qildi.

Xabarda qayd etilishicha, tizimda profilaktik ishlar olib borilmoqda. Ayni damda chiptalar kassalarda vaqtinchalik avtomatik tizimisiz ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda.