O‘zbekiston prezidentining 2 noyabrdagi farmoni bilan polkovnik Shuxrat G‘ayratdjanovich Xalmuxamedov prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

U bunga qadar O‘zbekiston mudofaa vazirining qurol-aslaha va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Prezident farmoni bilan Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Oybek Ortikovich Ismoilov O‘zbekiston mudofaa vazirining qurol-aslaha va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.