O‘zbekiston bosh prokurorining 3 noyabrdagi buyrug‘iga asosan Aminov Shoxrux Azamatovich Navoiy viloyat prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Shoxrux Aminov (1981 yilda tug‘ilgan) Samarqand davlat universitetini tamomlagan (2002).

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2004 yilda Samarqand shahar prokuraturasida boshlab, Samarqand viloyat prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2014 yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i, Toshkent viloyat prokurorining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Avval Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.